Kompyuter
haqida umumiy ma’lumot.
Kompyuter – inglizcha so’z bo’lib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda faqat
hisoblovchi bo’lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham
amallar bajaradi.Shunga qaramasdan, hozirda uning eski nomi – kompyuter
saqlanib qolgan.Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan
iborat. Avvalo shuni aytish lozimki, ko’pchilikning tushunchasida go’yoki biz
kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos.
Kompyuterlarni
sinflash.
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, 1 sekundda bajaradigan amallar
tezligi, ma’lumotlarning razryad to’rida tasvirlashishiga qarab 5 guruhga bo’lish
mumkin :
ü Super kompyuterlar ( Super
Computer )
ü Katta kompyuterlar (
Manframe Computer)
ü Mini kompyuterlar (
Minicomputer )
ü Shaxsiy kompyuterlar ( PC
– Personal Computer )
ü Bloknot ( noutbook )
kompyuterlar
Super kompyuterlar ( TOP 500 kompyuterlar ) – juda katta tezlikni talab
qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo’ljallangan .
Reyting
|
Super
kompyuter rusumi
|
Ishlab
chiqaruvchi mamlakat
|
Firma
nomi
|
Prosessor
soni
|
Tezligi
|
1
|
Intel
ASCI Red
|
AQSh
|
Intel (AQSh )
|
9472
|
1338
|
2
|
SGI
ASCI Blue
|
AQSh
|
SGI (AQSh )
|
6144
|
634
|
3
|
SGI
T3E1200
|
AQSh
|
SGI (AQSh )
|
1084
|
430
|
4
|
Hitachi SR8000
|
Yaponiya
|
Hitachi ( Yaponiya )
|
128
|
368
|
5
|
SGI
T3E900
|
AQSh
|
SGI (AQSh )
|
1324
|
264
|
Katta kompyuterlar –
fan va
texnikaning turli sohalariga oid
masalalarni yechish uchun mo’ljallangan.Bularga misol sifatida AQSh ning
CRAY,IBM390,4300,IBM ES/9000,Fransiyaning Borrous 6000,Yaponiyaning M1800
rusumli kompyuterlarini va boshqalarni misol qilish mumkin.
Minikompyuterlar
hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida 1
pog’ona pastdir.Bunday kompyuter turkumiga PDP – 11 ,VAX,SUN,IBM 4381,Hewlett
Packard firmasining kompyuterlarini kiritish mumkin.
Shaxsiy
kompyuterlar hozirda korxonalar,muassasalar,oliy o’quv
yurtlarida keng tarqalgan.( IBM – PC,Pentium – 1,2,3,4 ). Bugungi kunda P – 4
keng qo’llanilmoqda.

Shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi.
Shaxsiy kompyuterlar ( PC – personal computer ) quyidagi qurilmalardan
tashkil topgan :
ü Sistema bloki.
ü Monitor.
ü Klaviatura.
ü Sichqoncha.
ü Tashqi qurilmalar.
Sistema bloki odatda desktop yoki town ko’rinishida ishlab chiqariladi.
Kompyuterning asosiy qurilmalari:
Tezkor xotira ( RAM –
random access memory – ixtiyoriy kirish mumkin
bo’lgan ) .
Mikroprossesor,qurilmalar nazoratchilari.
Yumshoq disk qurilmasi ( FDD – floppy disk drive ).
Qattiq disk ( HDD – hard disk drive ).
Faqat o’qish uchun mo’ljallangan lazer disk (CD – ROM –
compact disk read only memory)
Shina,modem va
boshqa qurilmalar.
Texnika xavfsizligi.
Xavfsizlik texnikasi mehnat qilish uchun xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan.
Chora tadbirlar sistemadan iborat. Korxona va ustaxonalarda kompyuterni
orqasida kabel yoki simlarni tiokga ulayotganda tok urishi mumkin.
Kompyuterlarning ishga yaroqligi tekshirib turiladi. Elektr simlarga simchalar
osmaslik lozim, aks holda qisqa tutashuv berishi mumkin. Simlarda nuxson
sezilsa elektromantyorga xabar berish, ochilib qolgan simlarga q’ol
tekkazmaslik kerak. Kompyuter oldiga ho’l holda o’tirib bo’lmaydi.
Monitordan insonning ko’zigacha bo’lgan masofa – 60 sm. Monitor zangori va ko’k ranglarga bo’yalishi shart.
Kompyuterda ishlash vaqtida insonning charchash sabablari:
·
Ekran
yorug’ligi;
·
Contrast va
fon o’rtasidagi aniqlik;
·
Kompyuterda
ishlash paytida issiqlkdan nurlanish;
·
Kompyuter
buzuqligi;
Комментариев нет:
Отправить комментарий